Ko'chmanchi
«Xumorga o‘xshagan o‘zbekni suluvi topilar edi shu yerdan ham, uka…» 1959-yil. 20 yoshda edim. Ota-onam dunyodan erta ko‘z yumdi. Oilada 5 farzand bo‘lib, mendan keyin bir ukam bor edi. Men turmushga chiqtim. Erim boy insonlarni qo‘lida cho‘pon bo‘lib ishlar edi. Ularni qo‘ylarini boqib berardi. Tog‘-adirlarda qishda sovuqda erimga sherik bo‘la oladigon yordamchi kerakligi uchun hali ikki so‘zni ulab o‘qishni ham o‘rganmagan ukamni unga sherik qilib berdim va muammo bo‘lmasligi uchun uni o‘z kafilligimga, ya’ni erimning familyasiga o‘tkazib olgan edim. Erim va ukam 10 yildan ko‘p muddat birga tog‘-adirlarda cho‘ponlik qilishdii. Ota-boladek edi ular. Ukam bo‘ylari yetishib, juda bir ko‘rkam yigit bo‘ldi, xuddi dadamning o‘zi edi. Yurtimizdegi, ya’ni Qirgizistondagi qoylarni Ozbekiston toglariga oborb, 3-4 oylar boqib qaytib kelishar edi. Ukam ulg‘aygandan so‘ng Jo‘ja (shaharda tanilgan eski boylardan) laqabli, asl ismi Ibrohim bo‘lgan bir o‘zbek qo‘lida cho’ponlik qila boshladi. ...